Talabalar kontrakti Davlat byudjetidan qoplanadi: Muhim yangilik
Prezidentning PQ-289-sonli qaroriga muvofiq, 2023/2024-o'quv yilidan boshlab pedagog kadrlarni tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining qo'shma ta'lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar uchun imtiyoz joriy etildi.
Kontrakt to'lovlari qanday qoplanadi?
Hamkor xorijiy OTMda o'qish davri uchun to'lov-kontrakt summasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplab beriladi. Bu talabalar uchun yaratilgan katta imkoniyatdir. Bunda quyidagi tartib amal qiladi:
- Pedagogika yo'nalishidagi qo'shma dasturlarda kontrakt asosida o'qiyotgan va yuqori akademik ko'rsatkichlarga ega talabalar o'rtasida tanlov o'tkaziladi.
- Tanlov g'oliblari bilan davlat ta'lim muassasalarida kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan shartnoma imzolanadi.
Oliy ta'lim tizimidagi yangiliklarni kuzatib borish va oliygohlar kirish ballari haqida ma'lumot olish uchun saytimizni kuzatishda davom eting.
















