O‘zekspomarkazda vaqtinchalik taqsimlash markazi tashkil etilmoqda
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi «O‘zekspomarkaz» pavilonlarida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar uchun vaqtinchalik joylar tayyorlanmoqda. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu yerda bemorlar davolanmaydi, balki kasallik gumonlangan shaxslar vaqtincha saqlanib, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi va tegishli muassasalarga yo‘naltiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda pavilonlar ichida maxsus pardevorlar bilan ajratilgan yotoq joylari tayyorlanayotgani aks etgan.
Abituriyentlar uchun test jarayonlari nima bo‘ladi?
Ma’lumki, «O‘zekspomarkaz» hududida abituriyentlar uchun kirish imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Agar ushbu pavilonlar vaqtinchalik kasalxonaga aylantirilsa, test kunlarining o‘zgarishi ehtimoli mavjud. Hozirda masʼullar tomonidan rasmiy bayonot kutilmoqda.
Barcha abituriyentlar uchun ma’lumotlarni kuzatib borish va DTM standartidagi test tizimi yordamida o‘z bilimingizni sinab ko‘rish tavsiya etiladi.



Ushbu yangilik bo‘yicha o‘z fikringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.