Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Termizdagi ikki institut negizida yangi universitet tashkil etildi. Universitet faoliyati, Ilg‘or muhandislik maktabi va talabalar uchun yangiliklar haqida bilib oling.

4
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-265-son qaroriga muvofiq, ta’lim tizimida muhim o‘zgarish yuz berdi. Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti birlashtirilib, ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi.

Universitetning asosiy vazifalari

Yangi oliy ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad — muhandislik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yuqori malakali mutaxassislar hamda ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashdan iborat. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanishib, ushbu universitetdagi yangi dasturlar haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Ilg‘or muhandislik maktabi va yangi imkoniyatlar

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab universitet qoshida Ilg‘or muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshlaydi. Ushbu maktab yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan sanoat hamkori sifatida biriktirilib, talabalarga amaliy ko‘nikmalarni chuqur o‘rgatishni ko‘zda tutadi.

Talabalar uchun muhim ma’lumotlar

  • Barcha amaldagi talabalar o‘qishini yangi universitetda davom ettiradi.
  • 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga yangi namunadagi universitet diplomi beriladi.
  • Talabalar uchun yaratilayotgan xalqaro hamkorlik doirasida, universitet dunyoning yetakchi 300 talik oliygohlari dasturlari asosida ta’lim berish huquqiga ega bo‘ladi.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab professor-o‘qituvchilar xorijiy stajirovkalarga yuboriladi, iqtidorli talabalar uchun esa xorijiy tillarda o‘qitiladigan maxsus guruhlar tashkil etiladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar