Ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar uchun foyda solig'ini 0 foiz stavkada to'lash imtiyozi mavjud. Ammo bu imtiyoz barcha ta'lim tashkilotlariga avtomatik ravishda tatbiq etilmaydi.
Soliq kodeksining 337-moddasiga ko'ra, ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi soliq to'lovchilar foyda solig'ini 0 foiz stavkada to'lash huquqiga ega. Kodeksning 59-moddasida esa ta'lim xizmatlarini ko'rsatish, shuningdek test va imtihonlarni tashkil etish ijtimoiy soha faoliyati sifatida belgilangan.
Asosiy shart
Imtiyozni qo'llash uchun tashkilotning ta'lim xizmatlaridan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 90 foizini tashkil etishi lozim. Aks holda, foyda solig'ining 0 foizlik stavkasidan foydalanish huquqi yuzaga kelmaydi.
Misol: ta'lim markazining bir yillik jami daromadi 2 milliard so'm bo'lsa, shundan kamida 1,8 milliard so'mi ta'lim xizmatlari hisobidan olingan bo'lishi kerak. Ana shunda tashkilot Soliq kodeksida belgilangan tartibda foyda solig'ini 0 foiz stavkada to'lashi mumkin.
Ya'ni, agar ta'lim markazi boshqa faoliyat turlaridan ham katta daromad oladigan bo'lsa, soliq imtiyozidan mahrum bo'lishi mumkin. Shu bois ta'lim tashkilotlari bu nisbatni doimiy nazorat qilishlari kerak.
Ta'lim sohasidagi eng muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
Reklama
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.