Qisqacha mazmun:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bunga munosabat bildirib, maktablarda anʼanaviy kundalik va sinf jurnallari joriy etilayotganligiga doir tarqalayotgan xabarlar huquqiy asosga ega emasligini ma’lum qildi.
Unga ko'ra, maktablarda anʼanaviy (qog'oz) kundaliklar va sinf jurnallari joriy etilayotganligi haqidagi xabarlar huquqiy asosga ega emas.
Shuningdek, vazirlik respublikadagi maktablarga anʼanaviy kundalik va sinf jurnallariga qaytish bo'yicha topshiriq berilmaganligini maʼlum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda maktablarda qog'oz kundaliklar tekshirilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bunga munosabat bildirib, maktablarda anʼanaviy kundalik va sinf jurnallari joriy etilayotganligiga doir tarqalayotgan xabarlar huquqiy asosga ega emasligini ma’lum qildi.
Viloyat hokimligi kotibiyat mudiri tomonidan imzolangan hujjatga ko'ra, ishchi guruh tarkibi, o'rganiladigan yo'nalishlar va muddatlar belgilangan. Guruhning asosiy vazifasi maktablarda o'quvchilar va pedagoglar faoliyatini, hujjatlar yuritilishini va tarbiyaviy ishlarni kompleks tarzda tekshirishdan iborat.
Baʼzi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hujjatdagi bandlar maktablarda ortiqcha ish va qog'ozbozlikka olib kelishi mumkinligini bildirgan.
Xususan, Isroil Tillaboyev hujjatdagi bir qancha bandlar qonun talablariga to'g'ri kelmasligini, o'quvchilarning kundaliklari va o'qituvchilarning konspektlari haqida ortiqcha talablar mavjudligini taʼkidlagan.
Ushbu xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rasmiy izoh berdi.
Unga ko'ra, maktablarda anʼanaviy (qog'oz) kundaliklar va sinf jurnallari joriy etilayotganligi haqidagi xabarlar huquqiy asosga ega emas. Hozirgi vaqtda barcha umumtaʼlim maktablarida o'quvchilarning davomati va fanlarni o'zlashtirish baholari eMaktab elektron jurnal tizimi orqali amalga oshirilmoqda.
ʼʼMazkur tizim joriy etilishi natijasida ota-onalarning o'z farzandlarining darslarni o'zlashtirish darajasini masofaviy kuzatish imkoniyati yaratilib, o'quvchilarni baholashda shaffoflik taʼminlanib kelinmoqda. Shuningdek, pedagoglar faoliyatiga doir turli qog'ozbozliklarning kamayishiga erishildiʼʼ — deyiladi vazirlik munosabatida.
Shuningdek, vazirlik respublikadagi maktablarga anʼanaviy kundalik va sinf jurnallariga qaytish bo'yicha topshiriq berilmaganligini maʼlum qildi.
Bu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.





















