IMD Business School xalqaro grant dasturini e’lon qildi
IMD Business School magistratura bosqichida tahsil olishni istagan xalqaro talabalar uchun yirik grant dasturlarini taqdim etdi.
Grantlar Shvetsariyadagi MBA (Business Administration) yo‘nalishida o‘qishni rejalashtirayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Reklama
Ayrim grantlar miqdori 50 ming Shveysariya frankigacha yetadi, bu taxminan 54 ming AQSh dollariga teng.
Qanday grantlar mavjud?
Nomzodlar quyidagi grantlardan birini qo‘lga kiritishi mumkin:
| Grant nomi | Miqdori | Deadline |
|---|---|---|
| IMD Alumni Club of Lausanne Scholarship | CHF 50,000 (~54 ming dollar) | 1-fevral |
| Forté Women Scholarships | CHF 20,000 (~21,6 ming dollar) | 1-fevral va 1-may |
| Stewart Hamilton Scholarship | CHF 50,000 (~54 ming dollar) | 1-fevral va 1-may |
| IMD MBA Class of 1976 Scholarship | CHF 50,000 (~54 ming dollar) | 1-may |
| The Staton Scholarship | CHF 50,000 (~54 ming dollar) | 1-iyul |
| Diversity Scholarships | CHF 30,000 (~32,5 ming dollar) | Belgilanmagan |
| The Nestlé Scholarship for Women | CHF 25,000 (~27 ming dollar) | 1-sentabr |
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Grant dasturida istalgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.
Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
- bakalavr diplomiga ega bo‘lish
- kamida 3 yillik ish tajribasi
- 2 ta tavsiyanoma
- GMAT yoki GRE natijasi
- IELTS yoki TOEFL sertifikati
Minimal talablar qanday?
GMAT/GRE
- GMAT/GRE kamida 630 bo‘lishi kerak
- o‘rtacha qabul natijasi 680 atrofida
Ingliz tili
- IELTS — kamida 7.5
- TOEFL — kamida 105
Qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?
Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- bakalavr diplomi va transcript
- GMAT/GRE sertifikati
- IELTS yoki TOEFL sertifikati
- 2 ta tavsiyanoma
- CV
- passport nusxasi
- passport formatidagi rasm
Shuningdek, ariza topshirish uchun 200 AQSh dollari miqdorida to‘lov mavjud.
Arizani qayerdan topshirish mumkin?
Grant dasturi haqida batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun IMD Business School rasmiy sahifasi orqali murojaat qilish mumkin
Muhim eslatma
Grantlar uchun qabul yil davomida bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Shu sababli nomzodlar deadline sanalariga alohida e’tibor qaratishi tavsiya etiladi.









Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.