Rossiyada oliy ta’lim muassasasi litsenziyasi bekor qilindi

Rossiyada Yakutsk gumanitar instituti litsenziyasi bekor qilindi. Qaysi universitetlar ogohlantirish oldi? Ta’lim sohasidagi so’nggi yangiliklar bilan tanishing.

5
Rossiyada oliy ta’lim muassasasi litsenziyasi bekor qilindi

Rossiyada oliy ta’lim muassasasi litsenziyasi bekor qilindi

Rossiyaning ta’lim sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati (Rosobrnadzor) “Yakutsk gumanitar instituti”ning ta’lim litsenziyasini bekor qildi. Ushbu qaror muassasa tomonidan ta’lim sohasidagi majburiy talablarning buzilishi natijasida qabul qilingan.

Ogohlantirish olgan universitetlar

Tekshiruvlar natijasida yana beshta oliy ta’lim muassasasi ta’lim talablarini buzmaslik bo‘yicha rasmiy ogohlantirishlar oldi. Ular quyidagilar:

  • Sankt-Peterburg milliy tadqiqot akademik universiteti
  • Ilmiy-tadqiqot tibbiyot instituti “Astra-Sfera”
  • MGIMO-MED tibbiyot universiteti
  • “Reaviz” tibbiyot universiteti
  • Shimoliy Kavkaz xalqlar do‘stligi instituti

Mazkur ogohlantirishlar ta’lim sifatini nazorat qilish maqsadida berilgan bo‘lib, muassasalar faoliyati muntazam monitoring qilib boriladi. Agar siz oliygohlar kirish ballari yoki abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlarni izlayotgan bo‘lsangiz, infoedu.uz saytini kuzatib boring.

Manba: Rosobrnadzor rasmiy ma’lumoti

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar