"Yangi O'zbekiston" universitetida "Rektorlar maktabi" dasturiga qabul tartibi tasdiqlandi. Adliya vazirligi tegishli nizomni 2026-yil 13-iyulda davlat ro'yxatidan o'tkazdi.
Kimlar hujjat topshirishi mumkin
- 30 yoshga to'lgan
- kamida magistr darajasiga ega
- oliy ta'lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi
- shundan kamida 2 yil rahbarlik lavozimida ishlagan
Rahbarlik tajribasi sifatida rektor, prorektor, direktor, dekan, kafedra mudiri va boshqa boshqaruv lavozimlari inobatga olinadi. Qabul mutlaqo bepul, yiliga kamida ikki marta o'tkaziladi. Yillik kvota — 80 nafar.
4 bosqichli tanlov
| Bosqich | Maksimal ball | O'tish bali |
|---|---|---|
| 1. Hujjatlarni qabul qilish | — | — |
| 2. Test sinovlari | 100 | 55+ |
| 3. Psixologik baholash | 100 | 55+ |
| 4. Suhbat | 100 | 60+ |
Test sinovlari
Test quyidagi yo'nalishlarni qamrab oladi: o'quv-akademik boshqaruv, moliya-iqtisodiyot, ilmiy tadqiqotlar, ma'naviyat, sun'iy intellekt va AT. 40 ta mutaxassislik testi — 80 ball, 20 ta ingliz tili testi — 20 ball. B2 yoki undan yuqori sertifikatga ega nomzodlarga ingliz tilidan avtomatik 20 ball beriladi.
Psixologik baholash va suhbat
Psixologik bosqichda 200 ta topshiriq (har bir to'g'ri javob 0,5 ball) orqali nomzodning stressga chidamliligi va boshqaruv salohiyati baholanadi. Suhbatda esa strategik fikrlash, liderlik salohiyati va o'qishga motivatsiya tekshiriladi.
Yakuniy natijalar elektron platformada e'lon qilinadi. Natijalardan norozi nomzodlar 5 ish kuni ichida apellyatsiya berish huquqiga ega.
O'zbekistonda Rektorlar maktabi tashkil etilishi haqida avvalroq batafsil ma'lumot berilgan edi.
Reklama


Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.