Xorijiy diplomni tan olish: Asosiy qoidalar
Xorijiy davlatlarda ta’lim olgan bitiruvchilar uchun diplomni nostrifikatsiya qilish (tan olish) jarayoni bo‘yicha muhim yangiliklar e’lon qilindi. Endilikda ayrim toifadagi hujjatlar maxsus sinovlarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadi.
Agar siz xorijda o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki qaytib kelgan bo‘lsangiz, abituriyentlar uchun va talabalar uchun foydali ma'lumotlarni o‘rganib chiqishni tavsiya etamiz.
Qaysi hollarda diplom sinovlarsiz tan olinadi?
Diplomni sinovlarsiz tan olish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
- Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish ta’limi bo‘yicha olingan hujjatlar;
- O‘zbekistonda filiali mavjud bo‘lgan xorijiy OTM bitiruvchilari;
- Xalqaro reytinglarda (QS, THE, ARWU) top-1000 talikka kirgan OTM bitiruvchilari;
- Vazirliklar yo‘llanmasi bilan davlat grantlari asosida o‘qigan talabalar;
- 1992-yil 1-yanvargacha o‘qishga kirganlar;
- Yevropa sifat kafolati assotsiatsiyasi a’zolari tomonidan akkreditatsiya qilingan OTMlar;
- AQSH, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Koreya va Yaponiya davlatlarida akkreditatsiyadan o‘tgan muassasalar (Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ro‘yxat bundan mustasno);
- Vazirliklar tomonidan maqsadli tayyorlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobiga o‘qiganlar;
- O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari hamda Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan boshqa holatlar.
Ushbu yangilik sizning ta'lim yo'lingizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.