O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish kunlari jadvali elon qilindi

Umumiy o‘rta ta‘lim o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida Kasbiy rivojlanish kuni va soati jadvali. Dushanbadan shanbagacha har bir fanga alohida kun ajratilgan.

O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish kunlari jadvali elon qilindi
Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrug‘iga asosan kasbiy rivojlanish kunlari tizimi umumiy o‘rta ta‘lim o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari tashkil etiladigan kunlar quyidagi jadval asosida belgilangan.

Haftalik jadval

Dushanba — Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) o‘qituvchilari • Seshanba — Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili, rus tili) o‘qituvchilari • Chorshanba — Tabiiy fanlar (fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiyot, Science) o‘qituvchilari • Payshanba — Aniq fanlar (matematika, informatika va AT) o‘qituvchilari • Juma — Xorijiy tillar o‘qituvchilari • Shanba — Amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa, texnologiya, jismoniy tarbiya, CHQBT) va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari

Reklama

Qo‘shimcha imkoniyat

Kasbiy rivojlanish tadbirlari maktab o‘quvchilarining ta’til kunlarida ham tashkil etilishi mumkin. Bu o‘qituvchilarga dars jarayonidan ajralmagan holda malaka oshirish imkonini beradi. “Kasbiy rivojlanish kuni” to‘liq kunlik tadbir bo‘lib, o‘qituvchilar shu kuni o‘z fanlari bo‘yicha seminarlar, treninglar va tajriba almashish tadbirlarida ishtirok etadi. “Kasbiy rivojlanish soati” esa qisqaroq formatda — bir soatlik mashg‘ulot tarzida o‘tkaziladi.
Oqituvchilarning oz fani boyicha malaka oshirishi, trening va seminarlarda ishtirok etishi uchun ajratilgan maxsus kun. Har bir fan guruhiga haftaning alohida kuni belgilangan.
Aniq fanlar guruhiga kiritilgan matematika va informatika o‘qituvchilari uchun payshanba kuni belgilangan.
Ha, tadbirlar o‘quvchilarning ta’til kunlarida ham tashkil etilishi mumkin.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar