Pedagoglar malaka test sinovlari manzillari: To‘liq ro‘yxat

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagoglar uchun malaka test sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari bilan tanishing. Hududlar kesimidagi ma’lumotlar.

8
Pedagoglar malaka test sinovlari manzillari: To‘liq ro‘yxat

Pedagoglar uchun malaka test sinovlari: Muhim ma’lumotlar

Joriy yilning avgust-dekabr oylarida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun malaka test sinovlari tashkil etiladi. Ushbu jarayon pedagog kadrlar attestatsiyasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Agar siz attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsangiz, bilim darajangizni DTM standartidagi test tizimi yordamida sinab ko‘rishingiz mumkin.

Malaka test sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan hududiy markazlar manzillari quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Nukus shahri, Y. Alako‘z ko‘chasi, 54-uy.
  • Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi, 8-uy.
  • Buxoro viloyati: Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi, Kogon tumani, “Choloki” MFY, Qasri Orifon qishlog‘i, 165-uy.
  • Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-umumta’lim maktabi, Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, To‘qimachilar ko‘chasi, 45-uy.
  • Qashqadaryo viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Qarshi shahar, Olimlar ko‘chasi, 2-uy.
  • Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Navoiy shahri, Aloqa ko‘chasi, 6-uy.
  • Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-umumta’lim maktabi, Namangan shahri, “G‘ishko‘prik” MFY, Uychi ko‘chasi, 329-uy.
  • Samarqand viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Samarqand shahar, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy.
  • Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh ko‘chasi, 55-uy.
  • Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi, Termiz shahar, “Farhod” MFY, Alisher Navoiy ko‘chasi, 19-uy.
  • Farg‘ona viloyati: Farg‘ona shahridagi 28-umumta’lim maktabi, Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy.
  • Xorazm viloyati: Urganch tumanidagi 36-umumta’lim maktabi, Urganch tumani, Qorovul qishlog‘i, “Mevazor” MFY, Quvonch ko‘chasi, 111-uy.
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, 83-uy.

Ushbu yangilik bo‘yicha o‘z fikrlaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar