Oliy ta'lim tashkilotlarining sport, jurnalistika, madaniyat va san'at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni endilikda onlayn kuzatish mumkin.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar maxsus monitoring platformasi orqali real vaqt rejimida jonli efirda namoyish etilmoqda.
Platforma qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
Reklama
Yangi platforma kasbiy va ijodiy imtihonlarning ochiq, shaffof hamda xolis o'tkazilishini ta'minlashga qaratilgan.
Shuningdek, u:
- ota-onalarga;
- jamoatchilik vakillariga;
- kuzatuvchilarga;
- nazoratchilarga
imtihon jarayonlarini masofadan turib, real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi.
Platformaning maqsadi nima?
Platformaning asosiy maqsadi kasbiy (ijodiy) imtihonlarning shaffofligini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda imtihon jarayonlarining ochiqligini ta'minlashdan iborat.
InfoEdu.uz kuzatuviga ko‘ra, bunday onlayn kuzatuv tizimi imtihon jarayonlariga bo‘lgan ishonchni oshirish va barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratilishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Platformaga kirish: https://infoedu.uz/kasbiy-imtihon-monitoring-2026

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.