Green Talents Award 2022: Germaniyada tadqiqot imkoniyati

Green Talents Award 2022 tanlovi boshlandi! Yosh tadqiqotchilar uchun Germaniyada to‘liq moliyalashtiriladigan ilmiy amaliyotda qatnashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

3
Green Talents Award 2022: Germaniyada tadqiqot imkoniyati

Green Talents Award 2022: Yosh tadqiqotchilar uchun arizalar qabuli

Siz barqaror kelajak uchun innovatsion yechimlar ustida ishlayapsizmi? BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga hissa qo‘shishni istagan yosh tadqiqotchilar uchun ajoyib yangilik: «Green Talents Award 2022» xalqaro tanlovi o‘z arizalarini qabul qilishni boshladi.

Ushbu dastur orqali siz o‘z innovatsion g‘oyalaringizni baham ko‘rishingiz va nemis tadqiqot institutlari hamda xalqaro ekspertlar bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishingiz mumkin. Bu talabalar va yosh olimlar uchun o‘z ilmiy salohiyatini xalqaro darajada namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Tanlovda qatnashish uchun talablar:

  • Magistratura yoki PhD dasturida o‘qiyotgan yoki ushbu darajaga ega bo‘lish;
  • Barqaror rivojlanish sohasida tadqiqot olib borish va fanlararo yondashuvni qo‘llash;
  • Professional ish tajribasi 3 yildan oshmasligi;
  • Ingliz tilini mukammal darajada bilish;
  • Germaniya fuqarosi bo‘lmaslik va Germaniyada istiqomat qilmaslik.

Eslatib o‘tamiz, abituriyent va talabalar uchun ta’limdagi yangiliklarni kuzatib borish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot amaliyoti Germaniya Federal Ta’lim va Tadqiqot Vazirligi (BMBF) tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 24-may.
Ariza topshirish | Batafsil ma’lumot

Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar