Oliygohlar reytingi va futbol: yangi talablar
Ta'lim sohasidagi so'nggi yangiliklarga ko'ra, endilikda oliy ta'lim muassasalari (OTM) reytingini aniqlashda ularda futbol uchun yaratilgan sharoitlar ham hisobga olinadi. Bu o'zgarishlar O'zbekistonda sportni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining bir qismidir.
"Talabalar ligasi" va yangi imkoniyatlar
Prezidentning “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, har yili sentyabr-may oylarida OTMlarda uch bosqichli “Talabalar ligasi” musobaqalari o‘tkaziladi.
Siz talabalar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan saytimizda tanishishingiz mumkin.
OTMlarda amalga oshiriladigan ishlar:
- Moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, futbol seksiyalari faoliyatini yo'lga qo'yish;
- Mavjud sport inshootlari va futbol maydonlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash;
- Har bir davlat OTMda futbol va futzal jamoalarini shakllantirib, respublika musobaqalarida qatnashish.
Bundan tashqari, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari bitiruv oldi amaliyotini professional futbol klublari va hududiy akademiyalarda o'tashlari belgilandi.










Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.