Oliy ta'limda yangi tartib: Kvotalar qanday belgilanadi?
Ta'lim tizimidagi so'nggi o'zgarishlarga ko'ra, Oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibiga tuzatishlar kiritildi. Ushbu o'zgarishlar Prezidentning 2022-yil 15-iyundagi 279-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Davlat granti va kontrakt kvotalari
Endilikda davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (kvota) faqat davlat granti asosida belgilanadi. To'lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari esa quyidagicha tasdiqlanadi:
- Moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda: Kuzatuv kengashlari qarori bilan;
- Boshqa OTMlarda: Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda.
Bu jarayon har yili 20-iyunga qadar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilinishi shart.
Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar
Oliy o'quv yurtlariga kirishda yuqori ball to'plash uchun DTM standartidagi test tizimi yordamida bilimingizni sinab ko'ring. Shuningdek, tanlagan yo'nalishingiz bo'yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Eslatib o'tamiz, hozirda (20.02.2023-y. holatiga ko'ra) O'zbekistonda 209 ta oliy ta'lim muassasasi mavjud. Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.