Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina sport maktablariga qabul boshlandi
Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024-2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 7-avgustdan 25-avgustgacha davom etadi. Mazkur maktablarda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Qabul qilinadigan sinflar
- Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabi: 5–6 va 9–10-sinflar.
- Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika maktabi: 2–8-sinflar.
Hujjat topshirish va talablar
Hujjatlar ariza.piima.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi. Talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
- O‘quvchining so‘nggi 2 oydagi fotosurati;
- Tug‘ilganlik guvohnomasi yoki pasport, ota-ona pasporti;
- 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.
Eslatib o‘tamiz, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashda DTM standartidagi test tizimi kabi baholash usullaridan foydalanilishi mumkin. Shuningdek, kelajakda oliy ta’limga kirishni rejalashtirayotganlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib chiqish foydali bo‘ladi.
Qabul jarayoni va sharoitlar
- Tanlov: Ijodiy imtihon va test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
- Jins: Qabulda jins chegarasi yo‘q, o‘g‘il-qizlar teng huquqli.
- Yotoqxona: Hududlardan kelgan o‘quvchilar uchun yotoqxona mavjud.
- Ta’lim: O‘zbekiston tarixi, ingliz tili, ikkinchi xorijiy til va sport psixologiyasi chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi.
Har bir sinfda 12 nafardan 24 nafargacha o‘quvchi qabul qilinadi.











Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.