Andijon mashinasozlik institutida yangi fakultet ochildi

Andijon mashinasozlik institutida Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakulteti tashkil etildi. Yangi yo’nalishlar va qabul haqida ma’lumot.

4
Andijon mashinasozlik institutida yangi fakultet ochildi

Andijon mashinasozlik institutida yangi fakultet faoliyati

Andijon mashinasozlik instituti hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kelishuviga binoan, institut tarkibida yangi Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakulteti o‘z ishini boshladi.

Yangi fakultetda qaysi yo‘nalishlar mavjud?

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab fakultetda zamonaviy talabga javob beradigan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
  • Mexatronika va robototexnika
  • Intellektual muhandislik tizimlari

Fakultetda Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish hamda Axborot texnologiyalari kafedralari faoliyat yuritadi. Joriy o‘quv yilida ushbu fakultetda 422 nafar talaba tahsil olmoqda.

Abituriyentlar va talabalar uchun foydali ma'lumotlar

Institutdagi mavjud yo‘nalishlar va ularning o‘tish ballari bilan tanishish uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida sahifasiga o‘tishingiz mumkin. Shuningdek, oliy ta'lim muassasalari haqidagi yangiliklarni oliygohlar kirish ballari bo‘limidan kuzatib boring.

Ma’lumot uchun: ushbu yangi fakultet bilan birgalikda institutdagi fakultetlar soni 6 taga yetdi.

Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar