Zulfiya mukofoti sohibalariga oliy taʼlimdagi imtiyozlar

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalariga oliy ta’lim va magistraturaga kirishda qanday imtiyozlar beriladi? Batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.

20
Zulfiya mukofoti sohibalariga oliy taʼlimdagi imtiyozlar

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari uchun imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-2326-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 393-son qaroriga muvofiq, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari uchun oliy taʼlim tizimida katta imtiyozlar yaratilgan.

Oliy taʼlim muassasalariga kirishdagi imtiyozlar

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari barcha oliy taʼlim muassasalariga tanlovdan tashqari, kirish imtihonlarisiz (test, kasbiy yoki yozma imtihon) davlat granti asosida qabul qilinadi. Bu imtiyoz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amal qiladi:

  • Bakalavriat bosqichi uchun kirish sinovlarisiz grant asosida o‘qish;
  • Magistratura bosqichi uchun ixtisoslik bo‘yicha imtihonsiz grant asosida qabul.

Kimlar mukofotga sazovor bo‘lishi mumkin?

Mukofot ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarga beriladi. Har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafardan nomzod taqdirlanadi.

Abituriyentlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida hamda abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlarni saytimiz orqali kuzatib boring.

Eslatma: Ushbu ma'lumotlar rasmiy huquqiy manbalarga asoslangan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar