Urgutda yangi OTM: SamDU filiali tashkil etilmoqda
Ta'lim sohasidagi muhim yangiliklardan biri — Samarqand viloyati hokimining qaroriga asosan, Urgut tumanida Samarqand davlat universitetining filiali ochilishi belgilandi. Bu qaror tuman yoshlarining oliy ta'limga bo'lgan talabini qondirishda muhim qadam hisoblanadi.
Filial qachon o'z eshiklarini ochadi?
Samarqand davlat universiteti qabul komissiyasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, filial 2021-2022 o'quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilishni rejalashtirgan. Ungacha bino oliy ta'lim standartlariga mos ravishda to'liq ta'mirlanib, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanadi.
Nima uchun Urgut tumanida OTM zarur?
Urgut tumani aholi soni bo'yicha O'zbekistonda yetakchi o'rinda turadi (600 mingga yaqin aholi). Shunga qaramay, tuman yoshlarining oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlari pastligicha qolmoqda. Yangi filial bu muammoni hal etishga xizmat qiladi.
- Abituriyentlar uchun oliygohlar kirish ballari haqida ma'lumot olish juda muhim.
- Ushbu yangilik bo'yicha ko'proq ma'lumotlarni abituriyentlar uchun maxsus bo'limimizda kuzatib borishingiz mumkin.
Iqtidorli o'quvchilar maktabi
Shuningdek, qarorga ko'ra, tuman hududidagi Samarqand davlat universitetining 3-akademik litseyi binosi negizida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan iqtidorli o'quvchilar maktabi tashkil etilishi ko'zda tutilgan.
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.