Toshkentda korrupsiya: Ta’lim sohasi yetakchi o’rinda

Toshkent shahar sudlari 2022-yilgi statistikani e’lon qildi. Korrupsiya jinoyatlari bo’yicha ta’lim, sog’liqni saqlash va bank sohalaridagi holatlar tahlil qilindi.

4
Toshkentda korrupsiya: Ta’lim sohasi yetakchi o’rinda

Toshkentda korrupsiya holatlari tahlili: Ta'lim sohasi birinchi o'rinda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudlari tomonidan 2022-yil davomida 12 141 nafar shaxsga nisbatan 9 807 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud jarayonlari natijasida 161 nafar shaxs oqlangan, 2 321 ta holatda esa asossiz qo‘yilgan ayblovlar bekor qilingan.

Korrupsiya jinoyatlari qaysi sohalarda ko'proq?

Rasmiy statistikaga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlar tahlili quyidagicha:

  • Ta’lim sohasida: 32 nafar shaxs;
  • Sog‘liqni saqlash sohasida: 16 nafar shaxs;
  • Bank yo‘nalishida: 7 nafar shaxs.

Ta'lim sohasidagi shaffoflikni oshirish va sifatni ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishish yoki talabalar uchun foydali resurslarni o'rganish orqali tizimni yaxshiroq tushunish mumkin.

Sud-huquqiy statistikasi

Jinoyat oqibatida yetkazilgan 293,4 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zararning o‘rni qoplandi. Natijada 1 109 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi, 1 759 nafar shaxs esa sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izoh qismida qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar