Markaziy Osiyo qizlari media akademiyasi: Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
Talabalar va abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! Agar siz media sohasiga qiziqsangiz va o'z qobiliyatlaringizni rivojlantirmoqchi bo'lsangiz, Markaziy Osiyo qizlari media akademiyasi aynan siz uchun.
Akademiyada nimalar o'rgatiladi?
2 hafta davom etadigan intensiv kurs davomida quyidagi yo'nalishlarda malaka oshirishingiz mumkin:
- Blog yuritish va sifatli kontent yaratish;
- Maqolalar yozish va jurnalistika asoslari;
- Videolarni tahrirlash va montaj qilish;
- Podkastlar yaratish va audio montaj.
Bu talabalar va yosh ijodkorlar uchun o'z iqtidorini namoyon etish uchun katta imkoniyat.
Ishtirok etish shartlari
Akademiyaga 14 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan qizlar qabul qilinadi. Ta’lim tili — rus tili. Kurslar aprel oyining o'rtalaridan boshlanadi.
Kurs yakunida ishtirokchilar o'z loyihalarini himoya qilishadi. Eng yaxshi loyihalar gender tenglik, zo'ravonlik va stereotiplarga qarshi kurash mavzularida tashabbuslarni amalga oshirish uchun moliyaviy yordam olishi mumkin.
Barcha qiziqarli va foydali ma'lumotlarni abituriyentlar hamda yoshlar uchun mo'ljallangan sahifalarimizdan kuzatib boring.
Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2022-yil, 7-aprel.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.


Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.