Marg‘ilonda Turkiyaning nufuzli universiteti o‘z faoliyatini boshlaydi
Talabalar va abituriyentlar uchun quvonchli xabar: Marg‘ilon shahrida Turkiyaning Bursa Uludag‘ universiteti filiali ochilishi rejalashtirildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi hamda Turkiya Respublikasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan onlayn videokonferensiya davomida ma’lum qilindi.
Qaysi yo‘nalishlarda ta’lim beriladi?
Yangi filialda ta’lim sifati va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanishi ko‘zda tutilgan:
- Tekstil muhandisligi;
- Pillachilik sanoati va ipak qurti zoti duragaylarini yaratish;
- To‘qimachilik marketingi;
- Dizaynerlik va savdo yo‘nalishlari.
Ushbu loyiha doirasida ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatish va ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha elektron bitim imzolandi.
Abituriyentlar va talabalar uchun foydali ma’lumotlar
Agar siz oliy ta’limga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsangiz yoki talabalik hayoti bilan qiziqsangiz, quyidagi resurslardan foydalanishingiz mumkin:
- Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun oliygohlar kirish ballari bilan tanishing.
- Talabalik va o‘qish jarayoniga oid yangiliklar uchun talabalar uchun ruknini kuzatib boring.
Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.