Prezidentning 2026-yil 21-sentabrdagi “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 347-son qarori bilan umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida tennis bo'yicha yangi dastur joriy qilinadi.
Juniors Tennis Initiative dasturi
Qarorga ko'ra, 2027-yil 1-yanvardan umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy etiladi. Bunda 1–4-sinf o'quvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida tennisga qiziqishni shakllantirish bo'yicha boshlang'ich mashg'ulotlar yo'lga qo'yiladi.
Reklama
Maktablar va seksiyalarni tanlash tartibi
- Tennis rivojlantiriladigan umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari o'quvchilarning tennisga qiziqishi hamda sport infratuzilmasi mavjudligiga qarab tanlab olinadi;
- Tanlangan maktablarda tennis bo'yicha sport seksiyalari tashkil etiladi;
- Seksiyalarning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, sport inventarlari, shu jumladan “tennis wall” moslamalari O'zbekiston tennis federatsiyasi mablag'lari hisobidan jihozlanadi;
- Mashg'ulotlarni maktab joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar olib boradi.
Tennis sport turini rivojlantirish bo'yicha 2030-yilgacha belgilangan maqsadlar haqidagi materialimizni ham o'qishingiz mumkin.













Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring