IT sertifikatlari uchun to‘lovlar qanday qoplanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, IT sohasida xalqaro sertifikat olish istagidagi yoshlar uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu yangilik abituriyentlar uchun ham, yosh mutaxassislar uchun ham birdek ahamiyatli.
Xarajatlarni qoplash shartlari
- Xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lish uchun sarflangan xarajatlarning 60 foizi qoplanadi.
- Ingliz tilidan B2 va undan yuqori darajaga ega yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Imkoniyatdan qanday foydalanish mumkin?
📌 Yoshlar xalqaro IT-sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ni qoplash bo‘yicha arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda topshirishlari mumkin.
Bu qaror IT sohasi bo‘yicha xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlashni rag‘batlantirish va talabalar uchun malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qabul qilingan.
Hujjat bilan batafsil tanishish uchun manbani yuklab olishingiz mumkin.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.








Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.