Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish sirlari: 7 ta muhim tavsiya

Imtihon oldidan hayajonni yengish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va yuqori ball olish usullari. Abituriyentlar uchun foydali qo‘llanma va tavsiyalar.

3
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish sirlari: 7 ta muhim tavsiya

Imtihon oldidan ruhan va jismonan tayyorlanish

Aziz abituriyent! Sanoqli kunlardan so‘ng siz orziqib kutgan lahzalar, yillar davomida olgan bilimlaringiz samarasini sarhisob qiluvchi davlat imtihonlari boshlanadi. Ko‘pchilik uchun oliygohlar kirish ballariga munosib ko‘rsatkich bilan erishish hayotdagi eng hayajonli damlardan biri hisoblanadi. Quyida hayajonni yengish va muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha muhim tavsiyalarimizni keltiramiz.

1. Dam olish va uyquga vaqt ajrating

Imtihonga bir kun qolganda barcha kitoblaringizga dam berib, o‘zingiz ham hordiq chiqaring. Istiroxat bog‘ida sayr qilish yoki do‘stlar davrasida bo‘lish fikringizni jamlashga yordam beradi. Unutmang, charchagan miya ma’lumotlarni qayta ishlashda oqsashi mumkin.

2. Salbiy fikrlardan voz keching

Xayolingizdagi “O‘tolmasam-chi?” yoki “Qiyin savol tushsa-chi?” kabi qo‘rquvlarni chiqarib tashlang. O‘zingizga ishoning — bu g‘alabaning yarmi hisoblanadi. O‘zingizni allaqachon orzu qilganingizdek talaba sifatida tasavvur qiling.

3. To‘g‘ri ovqatlanish tartibi

Imtihon kuni va undan bir kun avval taomnomangizga e’tiborli bo‘ling. Quyidagilardan tiyilish tavsiya etiladi:

  • Kofe va ortiqcha shirinliklar;
  • Qovurilgan va o‘ta yog‘li taomlar;
  • Gazli ichimliklar.

Ushbu mahsulotlar imtihon jarayonida sizni lohas qilishi yoki oshqozon bezovtaligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Imtihon jarayonida e’tibor berish lozim bo‘lgan jihatlar

4. Savollar varaqasini tekshiring

Dastlab test savollarini birma-bir ko‘zdan kechiring. Agar varaqada texnik nuqsonlar yoki javob variantlarida kamchiliklar bo‘lsa, test boshlanishidan avval nazoratchilarga murojaat qiling. Ism-sharifingiz qaydnomaga kiritilgandan so‘ng varaqani almashtirish imkoniyati bo‘lmaydi.

5. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash

Test jarayonida vaqt eng qimmatli resursdir. Avval o‘zingiz yaxshi bilgan va oson tuyulgan savollarni yechishdan boshlang. Murakkab savollarni oxiriga qoldirish orqali vaqtni boy bermaslikka harakat qiling.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar