2025-yil uchun TOP-1000 talikdagi xorijiy OTMlar ro'yxati
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun xalqaro reytinglarda dunyoning eng yaxshi 1 000 ta oliy ta’lim muassasasi qatoriga kirgan universitetlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu yangilik xorijda o‘qishni maqsad qilgan abituriyentlar uchun juda muhimdir.
Ushbu ro‘yxat Quacquarelli Symonds World University Rankings (QS) va Academic Ranking of World Universities (ARWU) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning baholash tizimiga asoslanadi. Mazkur universitetlardan olingan diplomlar O‘zbekistonda hech qanday qo‘shimcha nostrifikatsiyasiz (tan olish jarayonlarisiz) to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.
Xalqaro reytinglar qanday baholaydi?
Universitetlarning xalqaro tan olinishi ularning ta’lim sifati va ilmiy salohiyatini belgilab beradi. Talabalar uchun sifatli ta’lim olish imkoniyatini taqdim etuvchi asosiy reytinglar:
- Quacquarelli Symonds World University Rankings (QS): O‘quv sifati, bitiruvchilarning ishga joylashishi va xalqaro miqyosdagi obro‘si bo‘yicha universitetlarni baholaydi.
- Academic Ranking of World Universities (ARWU): Ko‘proq ilmiy tadqiqotlar natijadorligi, ilmiy maqolalar soni va Nobel mukofoti sovrindorlari kabi ko‘rsatkichlarga tayanadi.
Ushbu ro‘yxat xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tanlashda sifat kafolati bo‘lib xizmat qiladi va yoshlarning xalqaro standartlardagi ta’lim olish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.








Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.