Pedagoglar uchun navbatdan tashqari attestatsiya va kasbiy sertifikat sinovlarida ishtirok etish endi ikki baravar arzon — Vazirlar Mahkamasi to'lov miqdorini 50 foizga kamaytirdi.
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 16 apreldagi 175-son qarori bilan Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish kiritildi.
O'zgartirishga ko'ra, nizomning 21-bandidagi "bir baravari" degan jumla "ellik foizi" so'zlari bilan almashtirildi. Bu degani — attestatsiya va sertifikat sinovlari uchun to'lov avvalgidek to'liq BHM (bazaviy hisoblash miqdori) emas, balki BHMning 50 foizi miqdorida undiriladi.
Reklama
Amaldagi narxlarda bu quyidagicha ko'rinish oladi:
- 412 ming so'm o'rniga — 206 ming so'm
- 370 ming 800 so'm o'rniga — 185 ming 400 so'm
Bu o'zgarish ayniqsa navbatdan tashqari attestatsiyadan o'tmoqchi bo'lgan o'qituvchilar uchun sezilarli yengillik bo'ldi. Avvalroq attestatsiya uchun to'lovlarni amalga oshirish muddatlari haqida batafsil yoritgan edik — endi to'lov miqdorining o'zi ham ikki baravar kamaydi.
Eslatib o'tamiz, mazkur qaror 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qaror bilan tasdiqlangan Nizomga o'zgartirish sifatida qabul qilindi va rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklar va o'qituvchilar uchun foydali ma'lumotlarni InfoEdu.uz saytida muntazam kuzatib borishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.