MTT direktori tayinlashning yangi tartibi: Nimalar o'zgaradi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-sonli qaroriga muvofiq, maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv sifatini oshirishga qaratilgan yangi qoidalar tasdiqlandi.
Menejerlik sertifikati va o'quv kurslari
2025-yil 1-yanvardan boshlab, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) direktori lavozimiga nomzodlar uchun yangi talablar kuchga kiradi. Endilikda nomzodlar Malaka oshirish institutida maxsus menejerlik o‘quv kurslarida o‘qishi va maxsus portal orqali elektron sertifikat olishlari shart.
Direktorlar uchun 30% lik ustama
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan MTT direktorlariga sertifikat amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Bu o‘zgarish ta’lim muassasalarida rahbarlik samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Muhim ma'lumotlar va xarajatlar
- 2025-yil 1-yanvarga qadar amaldagi direktorlarni o‘qitish va sertifikatlash xarajatlari davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
- Ta'lim tizimidagi boshqa yangiliklar va pedagog kadrlar attestatsiyasi haqida ma'lumot olish uchun saytimizni kuzatib boring.
- Shuningdek, ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklar bilan barcha maqolalar bo'limida tanishishingiz mumkin.
Ushbu yangi tartib maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshqaruv sifatini tubdan yaxshilash va kadrlarni malakasini oshirishga qaratilgan muhim qadamdir.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.