Toshkent davlat tibbiyot universiteti: 2025/2026-o’quv yili

2025/2026-o’quv yilidan boshlab Toshkentdagi tibbiyot oliygohlari birlashtirilmoqda. Yangi universitet va diplomlar haqidagi barcha muhim ma’lumotlar.

12
Toshkent davlat tibbiyot universiteti: 2025/2026-o’quv yili

Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etilmoqda

Prezident qaroriga binoan, tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Toshkent shahrida yirik universitet barpo etilmoqda. Ushbu o'zgarishlar abituriyentlar uchun ham, hozirgi talabalar uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Qaysi oliygohlar birlashtiriladi?

Yangi universitet – Toshkent davlat tibbiyot universiteti deb nomlanadi. U quyidagi ta'lim muassasalari negizida shakllantiriladi:

  • Toshkent tibbiyot akademiyasi
  • Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
  • Toshkent davlat stomatologiya instituti

Universitetning asosiy vazifasi – tibbiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va xalqaro standartlarni ta'lim jarayoniga joriy etishdir.

Diplom masalasi qanday hal bo'ladi?

2025/2026-o'quv yilidan boshlab ushbu institutlarda tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini yangi universitetda davom ettiradi. Bitiruvchi kurs talabalari esa yangi Toshkent davlat tibbiyot universiteti diplomi bilan taqdirlanadi. Oliy ta'lim tizimidagi yangiliklar va oliygohlar kirish ballari haqidagi ma'lumotlarni doimiy kuzatib borish tavsiya etiladi.

Klinik amaliyot va xalqaro guruhlar

Yangi universitet talabalari uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va klinik amaliyot bazalari belgilanadi. Shuningdek, 2025/2026-o'quv yilidan magistratura bosqichida xorijiy tillarda o'qitiladigan alohida guruhlar ochilishi rejalashtirilgan.

Tuzilma va moliyaviy barqarorlik

Universitet qoshida homiylik xayriyalari asosida alohida jamg'arma tashkil etiladi. Bu mablag'lar universitetni rivojlantirish va ta'lim sifatini oshirishga yo'naltiriladi. Mazkur islohotlar tibbiyot ta'limini xalqaro darajaga olib chiqishda muhim qadam hisoblanadi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar