TOP-300 universitetlarda o’qish: 20 ming dollargacha kredit

O’zbekiston hukumati xorijiy TOP-300 oliygohlarida o’qimoqchi bo’lgan yoshlar va pedagoglarga imtiyozli ta’lim krediti ajratish tartibini belgiladi. Kredit yiliga 20 ming dollargacha beriladi.

26
TOP-300 universitetlarda o’qish: 20 ming dollargacha kredit

Xorijiy oliygohlarda o‘qishni istagan yoshlar va pedagoglar uchun 20 ming dollargacha ta'lim krediti ajratiladi

O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida (TOP-300 talik) o‘qishni istagan yoshlar va pedagog xodimlarga imtiyozli ta’lim krediti berish tartibi belgilandi. Nizomga ko‘ra, mazkur kredit Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.

Kimlar ushbu imtiyozli ta’lim kreditidan foydalanishi mumkin?

  • 30 yoshdan oshmagan (shu jumladan, 30 yoshda bo'lgan) yoshlar;
  • Pedagog xodimlar.

Kredit shartlari:

  • Kredit 1 o‘quv yili uchun 20 ming AQSh dollarigacha miqdordagi ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi;
  • Asosiy qarzni qaytarish talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan keyin 7-oydan boshlanadi va 7 yil davomida amalga oshiriladi;
  • Kredit stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi (ya’ni imtiyozli shartlar asosida).

Kredit olish uchun zarur hujjatlar:

  • Ariza;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • Taklifnoma-xat (1-kurs talabalari uchun);
  • Akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);
  • To‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma va oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys;
  • Birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot;
  • Mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).

Bu imkoniyat, ayniqsa, Prezident qarori bilan tasdiqlangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi doirasidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, yoshlarning jahonning nufuzli universitetlarida ta’lim olishi uchun keng yo‘l ochadi.

Top-300 talikka kiruvchi universitetlarga jahon reytinglarining eng yuqori pog‘onalarida turadigan Garvard, Oksford, Stenford, Singapur milliy universiteti singari oliy dargohlar kiradi. Endilikda bunday universitetlardan birida o‘qish orzusi qilgan o‘zbekistonlik yoshlar ushbu imtiyozli kredit orqali ta’limini moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o'tamiz, ilgari xorijda o'qigan talabalar uchun Germaniya va Yaponiya qanday kadrlar kerakligi haqida ham yozgan edik – xorijiy ta'lim va ish bozori talablari tobora o'zaro bog'liq bo'lib bormoqda.

Reklama

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar