Sirtqi ta’limga yana qabul bo’ladimi?

Adliya vazirligi 2026-yilda oliy ta’limga oid yangi nizomni tasdiqladi. Sirtqi ta’lim rasman qayta ishlaydi — qabul shartlari, o’qish muddati va talabalar huquqlari haqida o’qing.

21
Sirtqi ta’limga yana qabul bo’ladimi?

Bugun ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol shu. Adliya vazirligi 3-aprel 2026-yilda yangi nizomni rasman ro'yxatdan o'tkazdi — va unda sirtqi ta'lim haqida aniq javob bor.


Xo'sh, qabul bo'ladimi?

Reklama

Ha. Yangi nizomga ko'ra oliy ta'lim kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy, dual va boshqa shakllarda tashkil etiladi. Ya'ni sirtqi ta'lim rasman qayta ishlaydi.

Faqat bitta farq — o'qish muddati biroz uzunroq:

  • Sirtqi ta'limda kunduzgiga qaraganda kamida 1 yilga ko'p
  • Kechki ta'limda kamida yarim yilga ko'p

Talabalar uchun nima yangilik bor?

Nizomda talabalarning huquqlari aniq belgilangan:

  • Ta'lim sifatini yaxshilash bo'yicha taklif kiritish
  • Kutubxona va internet resurslaridan bepul foydalanish
  • Xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etish
  • Rahbariyat qaroriga shikoyat qilish
  • Mehnat shartnomasi asosida ishlash
  • Kunduzgi ta'limda stipendiya olish

Va muhimi — talabalarni o'qishga aloqasi bo'lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.


Dars qoldirsa nima bo'ladi?

Qoldirgan soatOqibat
18 soatOgohlantirish
30 soatQat'iy ogohlantirish + ota-onaga xabar

Kredit tizimi ham o'zgaradimi?

Ta'lim jarayoni milliy kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. Bu tizim Yevropa kredit tizimi — ECTSga moslashtirilgan. Ya'ni xorijda o'qigan yillaringiz yoki kurslaringiz tan olinishi osonlashadi.


O'quv dasturlarini kim tuzadi?

Bitiruvchilar ish topishda qiynalmasligi uchun o'quv dasturlari ish beruvchilar bilan birgalikda ishlab chiqiladi.

Nizom 3-aprel 2026-yilda ro'yxatdan o'tdi, ya'ni hujjat rasman kuchga kirdi.
Bakalavriat kamida 3 yil — sirtqi ta'limda bunga 1 yil qo'shiladi.
Nizomda stipendiya faqat kunduzgi talabalar uchun ko'rsatilgan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.