O‘zbekistonda O‘rmon xo‘jaligi instituti tashkil etiladi
Ta’lim sohasidagi muhim yangilik: Toshkent davlat agrar universiteti huzurida O‘rmon xo‘jaligi institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu qadam sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ilmiy salohiyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Institutning asosiy vazifalari
Yangi institut o‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalarni bajaradi:
- O‘rmon seleksiyasi, urug‘chiligi va ko‘chatchilikni rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish.
- Ta’lim jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish va o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash.
- “Kichik innovatsion korxonalar”ni tashkil etish orqali ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish.
- O‘rmon xo‘jaligi rahbarlari va mutaxassislari uchun seminar-treninglar o‘tkazish.
- Zamonaviy agrotexnologik ishlanmalarni ishlab chiqish va in-vitro usulida ko‘chatlar yetishtirish.
Abituriyentlar uchun imkoniyatlar
Institut bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlaydi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olish orqali ushbu soha bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, abituriyentlar uchun sohada qo‘shimcha imtiyozlar ham ko‘zda tutilgan.
Xususan, o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab davlat granti asosida qo‘shimcha 20 foizli kvota ajratilishi belgilanmoqda. Bu esa soha rivojiga hissa qo‘shadigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadamdir.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.