Qisqacha mazmun:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmoni qabul qilindi Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan yerlarida davlat-xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish ruxsat etiladi.
2026-2027-o‘quv yilidan boshlab, maktabga tayyorlov guruhlarini bitirgan bolalarga elektron sertifikat berish tartibi joriy qilinadi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim dasturi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmoni qabul qilindi
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan yerlarida davlat-xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish ruxsat etiladi.
2026-2027-o‘quv yilidan boshlab, maktabga tayyorlov guruhlarini bitirgan bolalarga elektron sertifikat berish tartibi joriy qilinadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim dasturi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi.
Farmon asosida amalga oshiriladigan asosiy chora-tadbirlar:
- 2025-yil 1-avgustgacha: maktabgacha ta’limning davlat dasturi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi va maktab tayyorlov guruhlari bilan boshlang‘ich ta’lim dasturlari o‘zaro bog‘lanadi.
- 2025-yil 1-yanvardan: barcha tumanlarda kamida bitta tayanch maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularning direktor o‘rinbosarlarini malakali trenerlar sifatida shakllantirish.
- 2025-yil 1-martdan: uzoq hududlardagi pedagoglar uchun mobil malaka oshirish xizmatlari (4 ta avtobus) joriy qilinadi.
- 2025-2026-o‘quv yilidan: davlat oliy ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dualiy ta’lim shakli yo‘lga qo‘yiladi
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.























Javoblar (0 )