O'quv markazi va Xususiy OTMlar diqqatiga: Kunlik 50,000+ maqsadli auditoriyaga chiqing. Taklif bilan tanishish →

InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Kichik yoshdagi o‘quvchilar milliy sertifikat imtihoniga qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz portali orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan o‘quvchilar uchun ariza ota-onasi (yoki qonuniy vakili) profili orqali topshiriladi. Ariza topshirish tartibi Milliy sertifikat imtihonida qatnashmoqchi bo‘lgan kichik yoshdagi o‘quvchi uchun ota-ona my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirib, ariza topshiradi. […]

13
Kichik yoshdagi o‘quvchilar milliy sertifikat imtihoniga qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz portali orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan o‘quvchilar uchun ariza ota-onasi (yoki qonuniy vakili) profili orqali topshiriladi.

Ariza topshirish tartibi

Milliy sertifikat imtihonida qatnashmoqchi bo‘lgan kichik yoshdagi o‘quvchi uchun ota-ona my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirib, ariza topshiradi. Ariza berish jarayonida ikki toifadan biri tanlanadi. Agar ariza voyaga yetmagan farzand uchun topshirilayotgan bo‘lsa, “Arizachining voyaga yetmagan farzandi” bandi belgilanadi.

Keyingi bosqichda imtihon topshiradigan farzandning ism-familiyasi tanlanadi va uning fotosurati yuklanadi.

Fotosuratga qo‘yiladigan talablar

Ariza topshirishda yuklanadigan fotosurat ICAO standartlariga mos bo‘lishi shart. Asosiy talablar quyidagilardan iborat:

  • fotosurat oxirgi 6 oy ichida olingan bo‘lishi kerak;
  • o‘lchami 35×45 mm, rangli;
  • yuz fotosuratning 70–80 foizini egallashi lozim;
  • tasvir aniq, kontrastli va yuqori sifatli bo‘lishi kerak;
  • fon bir xil va yorug‘, yuzda soya bo‘lmasligi zarur;
  • ko‘zlar ochiq, kamera tomonga qaragan bo‘lishi shart.

Ko‘zoynak taqilgan holatda suratga tushish mumkin, biroq ko‘zlar aniq ko‘rinishi, qoraytirilgan ko‘zoynakdan foydalanilmasligi lozim. Bosh kiyim bilan suratga tushishga ruxsat berilmaydi, diniy sabablar bundan mustasno.

Imtihon fani, hudud va to‘lov

Fotosurat va zarur ma’lumotlar to‘liq kiritilgach, keyingi bosqichda:

  • qaysi fan bo‘yicha,
  • qaysi hududda imtihon topshirilishi

belgilanadi. Ariza yakunida belgilangan tartibda to‘lov amalga oshiriladi.

Imtihonga ota-ona bilan borish shartmi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, imtihonga voyaga yetmagan o‘quvchi ota-onasi bilan birga borishi shart emas. O‘quvchi imtihonga:

  • tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma,
  • agentlik tomonidan berilgan imtihon ruxsatnomasi

bilan kelishi yetarli.

umidjonu
MUALLIF

umidjon

Javoblar (0 )