Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE 2026 (Oliy taʻlimda salohiyatni oshirish) tanlovi natijalari eʻlon qilindi. 180 ta loyihadan 11 tasi Markaziy Osiyo OTMlarini qamrab olgan boʻlib, shulardan 9 tasida Oʻzbekiston ishtirok etmoqda. Eng muhimi — 4 ta loyihada aynan Oʻzbekiston OTMlari grantholder, yaʻni muvofiqlashtiruvchi sifatida qatnashmoqda. Bu haqda Erasmus+ Ofisi xabar berdi.
Avvalroq Erasmus+ dasturi doirasidagi boshqa grant imkoniyatlari haqida yozgan edik.
Grantholder — 4 ta Oʻzbekiston universiteti yetakchilik qiladi
Loyihaga yetakchilik qilish eng katta masʻuliyat va ishonch belgisi hisoblanadi. Bu safar quyidagi 4 ta Oʻzbekiston OTMi grantholder maqomini oldi:
- ALFRAGANUS UNIVERSITY — UNI2CARE loyihasi (sunʻyiy intellekt asosida kasbiy ekotizim)
- Al-Xorazmiy universiteti — WASTE-UZ loyihasi (chiqindilar boʻyicha taʻlim)
- Jizzax politexnika instituti — UzEcoDigiT loyihasi (ekologiya va raqamli transformatsiya)
- Fargʻona davlat universiteti — FOOD4FUTURE loyihasi (sogʻlom oziq-ovqat isteʻmoli)
17 ta OTM, 6,5 million yevro — koʻlamli ishtirok
Umumiy hisobda Oʻzbekistonning 17 ta OTMi Toshkent, Xorazm, Buxoro, Andijon, Fargʻona va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlaridan loyihalarga jalb qilingan. Markaziy Osiyo (Region 6) uchun ajratilgan umumiy byudjet taxminan 6,5 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonning 27 ta universiteti hamda tegishli vazirliklari ham ishtirok etmoqda.
3 ta yangi OTM birinchi bor CBHE loyihalarida
Bu yilgi tanlovda Oʻzbekistondan 3 ta OTM ilk bor Erasmus+ CBHE dasturiga qoʻshildi:
- Al-Xorazmiy universiteti
- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali
- Xalqaro Nordik universiteti
Ularning 2 tasi davlat, 1 tasi xususiy OTM ekani dasturning barcha sektorlar uchun ochiqligini koʻrsatadi.
Akademik boʻlmagan tashkilotlar ham ishtirokda
Loyihalarga Oʻzbekiston Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligining oʻzi ham 2 ta loyihada ishtirok etmoqda. Shuningdek, 7 ta nonakademik tashkilot — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Yogʻ-moy sanoati korxonalari uyushmasi, NAZAR BUSINESS AND TECHNOLOGY, KNOWLEDGE TRIANGLE AND INNOVATION, TEXTILE STANDARD SERVICES va NOVATECHNOLOGY MChJlar — ham loyihalarga sherik sifatida jalb qilingan. Bu ilm-fan va sanoat oʻrtasidagi hamkorlik kengayayotganidan dalolat.
Loyihalar qanday yoʻnalishlarni qamrab oladi
Erasmus+ CBHE 2026 doirasida 3 turdagi loyihalar mavjud:
Mintaqaviy loyihalar (5 ta):
- UNI2CARE — Oʻzbekiston va Tojikistonda sunʻyiy intellekt asosida bandlik va koʻnikmalarni rivojlantirish
- GreenPath — Markaziy Osiyoda yashil ish oʻrinlari uchun oliy taʻlim tizimlarini oʻzgartirish
- FOOD4FUTURE — Oʻzbekiston va Qozogʻistonda sogʻlom oziq-ovqat tanlovlarini kuchaytirish
- GreenTex — Markaziy Osiyoda toʻqimachilik taʻlimining barqaror raqamli transformatsiyasi
- DIETICA — Markaziy Osiyoda xalqaro talablarga mos dietologiya taʻlimi
Milliy loyihalar (2 ta):
- WASTE-UZ — Chiqindilar boʻyicha taʻlim va koʻnikmalar
- UzEcoDigiT — Ekologiya boʻyicha bakalavriatning raqamli transformatsiyasi
Mintaqalararo loyihalar (2 ta):
- INSPIRE 21 — XXI asrda barqaror oʻsish uchun xalqaro koʻnikmalar
- DIGI4ENERGYS — Qayta tiklanuvchi energetika muhandisligi uchun raqamlashtirish
InfoEdu.uz — Oʻzbekiston OTMlarining xalqaro grant va hamkorlikdagi muvaffaqiyatlarini muntazam yoritib boruvchi manba.
Reklama
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.