Bog‘cha direktorlari uchun menejerlik sertifikati va ustama joriy etiladi
Ta’lim tizimida boshqaruv kadrlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning malakasini oshirish maqsadida yangi tartib joriy qilinmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-sonli qarori bilan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlariga menejerlik sertifikatini berish tizimi tasdiqlandi.
Yangi tartib nimalarni o‘zgartiradi?
2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qarorga muvofiq, maktab direktorlari uchun joriy etilgan menejerlik sertifikati tizimi endilikda bog‘cha mudirlariga ham tatbiq etiladi. Bunda quyidagi asosiy o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan:
- 2025-yil 1-yanvardan: Bog‘cha direktorlari uchun menejerlik o‘quv kurslari va sertifikatlash jarayonlari boshlanadi.
- 2025-yil 1-sentyabrdan: Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan bog‘cha direktorlariga 30 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.
- Kadrlar zaxirasi: Bog‘cha direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan shakllantiriladi.
Ta’lim sohasidagi boshqa yangiliklar
Agar siz ta’lim sohasidagi yangiliklar, jumladan, pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari yoki milliy sertifikat sanalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishni istasangiz, infoedu.uz saytini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.