
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiKirish ballari 2025–2026
Qabul Komissiyasi
Savollaringiz bormi? Bog'laning
Manzil
Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar, Tinchlik ko'chasi, 1-uy
Elektron pochta
[email protected]Yotoqxona
Mavjud ✓
Turi
Davlat oliygohi
Reklama
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 573-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Filial Toshkent–Zomin yo‘nalishidagi qulay transport infratuzilmasiga ega, sanoatlashgan Yangiyer shahri markazida joylashgan bo‘lib, hudud aholisi va sanoat korxonalari uchun muhim ta’lim markazi hisoblanadi.
Joylashuvi va infratuzilmasi
Filial 12 gektar hududda joylashgan. Uning moddiy-texnik bazasiga quyidagilar kiradi:
1300 o‘rinli asosiy o‘quv binosi, bitta yopiq sport zali, 3 ta ochiq sport maydonchasi, texnopark kompleksi hamda 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi.
Hududga kirish va ichki xavfsizlik to‘liq zamonaviy elektron nazorat tizimi orqali boshqariladi. Talabalar va xodimlar uchun 10 ta Wi-Fi zona tashkil etilgan. Shuningdek, filial elektr ta’minotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 120 kVt quvvatga ega quyosh panellari bilan jihozlangan.
Ta’lim jarayoni va talabalar soni
Hozirda filialda bakalavriat bosqichida:
kunduzgi ta’lim shaklida – 1446 nafar,
sirtqi ta’lim shaklida – 1809 nafar talaba tahsil olmoqda.
O‘quv jarayoni Davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etilgan bo‘lib, nazariya va amaliyot uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Professor-o‘qituvchilar salohiyati
Filialda 123 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning 36 nafari ilmiy darajaga ega, jumladan:
11 nafar fan doktori (professor),
15 nafar fan nomzodi (dotsent),
10 nafar falsafa doktori (PhD).
Bu ko‘rsatkich filialning ilmiy va pedagogik salohiyati barqaror rivojlanib borayotganini ko‘rsatadi.
O‘quv laboratoriyalari va ilmiy muhit
Talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun 8 ta o‘quv-tajriba laboratoriyasi faoliyat yuritadi. Ular quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
noorganik kimyo, analitik kimyo, organik kimyo, oziq-ovqat xavfsizligi, fizika, don va don mahsulotlari texnologiyasi, avtomatika va texnologik jarayonlar, dasturiy ta’minot.
Axborot-resurs markazi va innovatsiyalar
Filial hududida Book cafe bilan uyg‘unlashgan Axborot-resurs markazi joylashgan bo‘lib, uning fondida 466 nomdagi 3049 nusxa bosma hamda 8000 dan ortiq elektron adabiyotlar mavjud.
Birinchi qavatda inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu markaz tarkibida robototexnika, IT va soft injinering xonalari tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda talabalar va maktab o‘quvchilari ishtirokida elektron qurilmalar va dasturiy mahsulotlar yaratish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Xulosa
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali zamonaviy infratuzilma, malakali kadrlar va innovatsion muhitga ega bo‘lgan hududiy muhim texnik oliy ta’lim muassasasi sifatida sanoat va iqtisodiyot ehtiyojlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Qaysi oliygohga kira olaman?
Ball kalkulyatori — ballingizni kiriting va barcha OTMlar orasidan sizga mos yo'nalishlarni soniyada bilib oling.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida hozirgi holatda 32 ta yo'nalish (mutaxassislik) bo'yicha talabalar qabul qilinadi. 2025-2026 o'quv yilida eng past o'tish balli 56.7 ballni tashkil etdi. Jami 74 ta davlat granti o'rni ajratilgan edi.
Ha, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida kunduzgi ta'lim bilan bir qatorda Kechki, Masofaviy ta'lim shakl(lar)i bo'yicha ham qabul olib borilmoqda.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining turli yo'nalishlari uchun quyidagi fanlardan davlat test sinovlari topshiriladi: Matematika, Chet tili, Fizika, Kimyo, Biologiya. Aniq fan birikmasi tanlangan yo'nalishga qarab farqlanadi — batafsil ma'lumotni sahifadagi kirish ballari jadvalidan ko'rishingiz mumkin.
Odatda qabul jarayonlari har yili iyun oyining ikkinchi yarmidan boshlanib, iyul oyining o'rtalariga qadar davom etadi. Hujjatlar portali orqali onlayn qabul qilinadi. my.uzbmb.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi. Aniq sana va e'lonlarni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining rasmiy sayti orqali kuzatib borishingiz tavsiya etiladi.
Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar, Tinchlik ko'chasi, 1-uy Aniqlashtirish uchun: +998955115856.
Ha, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida talabalar uchun yotoqxona mavjud.


