6-Sinf Adabiyot (2-qism)
Ushbu sahifada umumta'lim maktablarining 6-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan 6-Sinf Adabiyot (2-qism) darsligini yuklab olishingiz mumkin. Kitob O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi standartlari asosida tayyorlangan. Fayl formati PDF bo'lib, hajmi 1.5 MB. Darslikni pastdagi tugma orqali bepul yuklab oling.
- TOSHBAQA BILAN CHAYON
- Yaxshilar andog‘ aytmishlarki, Sangpusht
- Iroqdin Hijozga borur erdi. Bir Chayon anga yo‘ldosh bo‘ldi.
- Ikisi ketib borur erdi, ammo Sangpusht bag‘oyat sohibifahm – farosatlik erdi, toinki cho‘x safarlarda yaxshi-yamonlar birla yurub, ko‘b tajribalar hosil qilg‘on erdi.
- Ammo Chayonga inon-ixtiyorini verub, bodiyalar qat’ edub borur erdi.
- Shul orada banogoh bir nahri azim paydo bo‘ldi. Ikisi o‘tmoqqa qasd qildilar.
- Sangpusht birla Chayon o‘tmoqqa yo‘l topmay, tafakkur yog‘ochi anga ko‘pruk bo‘lurg‘a ojiz va tadbir qamuchi sol bo‘lurg‘a nobudu nochiz.
- Oxir ul-amr Sangpusht mustajobi da’vadek murodi hadafiga maqrun o‘lub, shinovarlik birla muddao istid’osi sohiliga o‘zini oldi, nori yoqig‘a o‘tub, qoz-u o‘rdak-dek silkinib turdi.
- Banogoh orqasiga boqti, ko‘rdiki, yo‘ldoshi- ni oti horug‘on, poyluchchak tag‘olardek nayzasini kiftiga tashlab, yuqori va quyi yurur erdi.
- Anda Sangpusht aydiki: – Mo‘jib nadur – buyon o‘tmaysiz?
- – Ko‘zyoshicha suv bo‘lsa, bizga ma’zur tutung.
- Sangpusht aydi: «Yo‘ldosh bo‘lmoq sharti bul ermaski, oz hodisa birla hamrohliq rasmini bartaraf qilsam.
- Avloroq uldurki, tag‘oni o‘tkarib qo‘ysam, yaxshi bo‘lur.
- Burung‘ilar masalidurki: «Yaxshiliq qil, suvg‘a sol, baliq bilur, baliq bilmasa, Xoliq bilur».
- Anda Sangpusht hutchav yag‘ochini qo‘lg‘a olib, oz harakat birla najot sohilig‘a o‘zini oldi.
- Aydi: – Ey birodar, sani daryodan o‘tkazgali o‘g‘radim.
- Mana ustimga mingil va lekin bejo harakat qilmag‘ilki, o‘z joningga jabr qilursan.
- Anda Chayon aydi: – Har kim o‘z maslahatini o‘zi bilur.
- Andin so‘ng Sangpushtni orqasig‘a mindi. Daryog‘a tushib oqdilar.
- Zamonedin so‘ng Chayoni mazkur tebrana berdi.
- Sangpusht aydi: – Bul bejo harakatdin muddao nimadur?
- Chayon aydi: – Bu kun maydoningni vase’ topdim.
- Burung‘i yaxshilar: «Eshak o‘yuni qirq yilda va yana it o‘yuni bor anda», – debdur- lar.
- Bul fo‘lod nayzamni yakjirma qalqoningga ozmoyish qiloyin derman.
- Anda Sangpusht aydi: «G‘olibo uldurki: «O‘z do‘sti dilin resh aylayur jahldinkim, ul urur o‘z mushtini devorg‘a!»
- Anda Sangpusht aydi: – Sani bu xorsifat nayzayi bemajoling mani bu yakjirma qalqonimg‘a ne kor qilsin?
- Anda Chayon aydi: – Bilganing yo‘qmuki, aqrabni muddaosi nish urmoqdur xoh do‘st ko‘ksina va xoh dushman orqasina!
- Qit’a:
- Har kimi odati zamima bo‘lur,
- Beirodat zuhur etar andin.
- Toshdin nish ayari yo‘q aqrab,
- Garchi mundoq demak ajab sandin.
- Anda Sangpusht aydi: – Ishonmagil do‘stingg‘a, samon tiqar po‘stingg‘a.
- «Oshnongdin tob» debdurlar. Ey do‘stum, suv uzra jasadimiz xasdek yurmagi tokay?
- Bu bahri amiq javohirlarin tamosho qilmoq kerak, – deb g‘avvoslardek bir g‘o‘ta urdikim, ul javohir termoqda qoldi va bul jon bermog‘da qoldi.
- N a q l
- Ibrohimbek bog‘inda tab’i tund, lavand bir bog‘boni bor erdi.
- Ani bog‘boni o‘zini bog‘bone sonub, olti tub daraxtni ho‘l shoxini quruq shoxiga payvand qilur erdi va yana bu aql-u farosati birla o‘zini olamni bog‘bonidek sobit qadam olur erdi.
- N a q l
- …bir odam yaxshi ko‘rgan to‘ppisini tez suvga oqizib, harchand taraddud bila ololmadi.
- Mahrum bo‘lub qaytur erdiki: – Yo‘qolg‘oni ham xo‘b bo‘ldi, boshimg‘a ham tor kelur erdi, – deb.
- N a q l
- …zangi yo‘l uzasidin bir oyina topib oldi.
- Oyinada o‘zini aksi nomu-borakini ko‘rub, oyinani yerga urub, anga necha ayblar qo‘yub, aytur erdiki: – Bul o‘zi yaxshi mato‘ bo‘lsa, yo‘l uzra yoturmidi?!
- YODGOR PO‘STINDO‘Z
- Odamizod arosinda Yodgor otlig‘ bir odam bor erdi.
- Goho o‘zini o‘tkir so‘fiy ot qo‘yar, goho mirishkori hushyor va donishmandi ro‘zgor olib aytur erdiki: – O‘n yoshimda hazrati Nuh payg‘ambarni obi azobda qolg‘onlarida kemalarin itorib, boham erdim.
- Va yana aytur erdiki: – Andog‘ ham ermas.
- O‘n besh yoshimda hazrati Ibrohim alayhissalomni kofirlar manjanaqqa solib o‘tga otarda bir poya- sinda hozir erdim.
- Boz aytur erdiki: – Andog‘ ham ermas.
- Yigirma besh yoshimda hazrati sultoni orifin Xoja Ahmad Yassaviy xonaqohlarin obod qilurda loy tepib, xisht bergan man erdim.
- Ul yerda o‘lturg‘on yor-jo‘ralari aytur erdiki: – Ey Yodgor aka, rost naql qiling…
- Aytur erdiki: – Qul Muhammad Bahodirdin bo‘lagini bilsam, Xudo ursun!
- Yodgorning po‘stin tikkanin ko‘rsangiz, chokidin barmoq o‘tar erdi.
- Bozorga olib chiqsa, xaridorlar barmog‘ini chokiga suqub, aytur erdiki: – Bu na tikish?
- Ul javob berurki: – Musht o‘tmasa, xo‘b tikish!
- O‘zi din, ilmi sunnatga amri ma’ruf qilg‘uchi erdi, to onki tahoratda qo‘l-oyoqni bandig‘acha yuvmog‘ni farz-sunnat ekanin bilmay, uch angushtni birin yuvub, ikkisini yuvmay qo‘yar erdi.
- «ZARBULMASAL» ASARI HAQIDA
- Ta’kidlanganidek, zarbulmasal masallar yig‘indisi demakdir.
- Masal so‘zi bir vaqtlar maqol qo‘shib gapirish, o‘xshatishlar qilish, dalil keltirish ma’nolarini ham anglatadi.
- Zarbulmasalda u yoki bu hikoya tarkibida, ularning xulosasi o‘rnida maqol, matallar keltiriladi.
- Zarbulmasal adabiyotimiz tarixida o‘ziga xos ta’sirchan adabiy janr sifatida yashab kelgan.
- Zarbulmasal ko‘proq axloqiy-ta’limiy hikoyalardan iborat bo‘lib, maqol, matallar, ularning tarbiyaviy xulosasini o‘zida mujassam etadi.
- Bu janrdagi asarlarning asosiy xususiyati ularda majoziy usul qo‘llanilishi, ya’ni voqea va hodisalar hayvonlar, qushlar tili- dan hikoya qilinishini bilib oldingiz.
- Asarlarning mualliflari tan-qid qilinajak kishilar ta’qibidan cho‘chib shu usulni qo‘llaganlar.
- Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida ham garchi Buxoro, Qo‘qon singari joy nomlari aniq ko‘rsatilsa-da, u yerlarni boshqargan hukmdorlar, turli darajadagi zodagonlar fe’l-atvori qushlar timsolida ifoda etiladi.
- «Zarbulmasal» tarkibidagi mashhur masallardan biri «Maymun bilan Najjor» masali hisoblanadi.
- Bu masalda tasvir- lanishicha, Hindistonning Kashmir viloyati atrofidagi tog‘da bir maymun rohat-farog‘atda, o‘rmondagi daraxtlarning behisob mevalaridan xohlaganicha totinib, umrguzaronlik qilar edi.
- Nogoh bu tog‘ o‘rmoniga bir najjor, ya’ni duradgor yog‘och kesish uchun keladi.
- U bir daraxtni kesib, boshqasiga ketar ekan, u joyda teshasini unutib qoldiradi.
- Najjorning yumushini kuzatib turgan maymunga uning hunari oddiy bir ishdek tuyuladi.
- Xayoliga keladiki, bu ishni o‘zi qoyillatib, kelgusi avlod- lariham osongina o‘rgatib qo‘ysa.
- Najjorning yo‘qligidan foydalangan maymun chala qolgan daraxtni kesmoq uchun uning ustiga minib, ishni o‘zicha davom ettiradi.
- Shunda daraxt tanasi orasiga qistirilgan pona chiqib ketib maymunning dumini qisib qoladi.
- Jon holatda bu ahvoldan qutulmoqni istagan may- mun dumining bir qismi daraxt orasida qolib ketadi.
- Harqalay, shoir bu masal orqali aytmoqchi bo‘lgan fikrni angladingiz.
- Har qanday hunarning o‘ziga xos sir-u sinoati, yillar davomida o‘zlashtiriladigan nozik jihatlari bo‘lishini ang- lamaguncha kishi biror natijaga erishishi mumkin emasligi.
Reklama
O'zbekiston maktablarida 6-Sinf Adabiyot (2-qism) fanining o'rni
Ushbu 6-Sinf Adabiyot (2-qism) darsligi 6-sinf o'quv dasturidagi eng muhim manbalardan biridir. Yangi o'quv yilida ushbu fan orqali o'quvchilar nafaqat nazariy bilimlarini oshiradilar, balki amaliy ko'nikmalarni ham shakllantiradilar. Kitob O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga to'liq javob beradi.
Nega elektron (PDF) darslikdan foydalanish qulay?
- Mobillik: Kitob har doim yoningizda – telefon yoki planshet orqali istalgan joyda o'qish mumkin.
- Qidiruv: PDF formatdagi 6-Sinf Adabiyot (2-qism) kitobidan kerakli mavzuni tezda topish imkoniyati mavjud.
- Sifat: Asl nusxadagi yuqori sifatli rasmlar va chizmalar saqlanib qolgan.
- Tejamkorlik: Kitobni bepul yuklab olish orqali oilaviy byudjetni tejashingiz mumkin.
6-Sinf Adabiyot (2-qism) – OTMga kirish imtihonlari uchun tayyorgarlik
Abituriyentlar uchun 6-sinf 6-Sinf Adabiyot (2-qism) darsligi DTM (Bilimni baholash agentligi) testlariga tayyorlanishda asosiy manba hisoblanadi. Ushbu kitobdagi mavzular kirish imtihonlari savollariga kiritilgan bo'lib, uni chuqur o'zlashtirish yuqori ball olish imkoniyatini oshiradi.