O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilarning keyingi taqdiri, ishga joylashish tezligi hamda mehnat bozoridagi muvaffaqiyatini xolis baholash maqsadida «Bitiruvchi sifati indeksi» joriy etildi. Bu haqda Milliy ta'lim sifatini ta'minlash agentligi direktori ma'lum qildi.
Indeksning asosiy vazifasi va baholash mezonlari
Yangi platforma abituriyentlar va ularning o‘ta-onalariga oliygoh tanlashda inson omilidan xoli, obyektiv ma'lumot berishga xizmat qiladi. Indeks orqali qaysi universitet bitiruvchilari ish faoliyatida muvaffaqiyatliroq ekani hamda bandlik darajasi qanday ko‘rsatkichga ega ekani aniqlanadi.
Shuningdek, ushbu tizim oliy ta'lim muassasalari rahbarlari uchun ham bir yillik faoliyatni xolis baholash va ta'lim sifatini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ishga joylashish va raqamli imkoniyatlar
Tizimda bitiruvchining ishga kirish tezligi hamda mehnat faoliyatining barqarorligi hisobga olinadi. Hozirda ta'lim va mehnat bozorini bog‘lash maqsadida Career.edu platformasi faol qo‘llanilmoqda.
Platformada 400 mingdan ortiq talaba rezyumesi shakllantirilgan bo‘lib, ish beruvchilar hudud, mutaxassislik hamda til sertifikati kabi mezonlar bo‘yicha mos nomzodlarni izlab topishlari mumkin.








Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring