Rossiya diplomi O‘zbekistonda tan olinadimi?
Ko‘plab abituriyentlar va talabalar Rossiya Federatsiyasida olingan diplomlarning O‘zbekistonda amal qilishi bo‘yicha savollar berishadi. Ushbu masalaga 2019-yilda rasman oydinlik kiritilgan.
Diplomlarni o‘zaro tan olish bitimi
2019-yil 30-mayda O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim imzolangan. Ushbu hujjat ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini tartibga soladi.
Asosiy shartlarga ko‘ra:
- Davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan ta’lim dasturlari, o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan kunduzgi bakalavr diplomi har ikki davlatda ham tan olinadi.
- Diplom egalari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlash va magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirish huquqiga ega.
Diplom haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin?
Rossiyada olingan diplomning O‘zbekistonda yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun oliygoh tegishli litsenziyaga ega bo‘lishi shart. O‘quv yurtining davlat akkreditatsiyasidan o‘tganini Rossiyaning Rosobrnadzor (obrnadzor.gov.ru) rasmiy sayti orqali tekshirib ko‘rishingiz mumkin.
Ta’lim va o‘qishga oid qo‘shimcha ma’lumotlar uchun abituriyentlar uchun foydali maslahatlar bo‘limini kuzatib boring.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.


Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.