InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Qoraqalpoq davlat universiteti Qo‘ng‘irot fakulʼteti
Kirish ballari 2025-2026

Qoraqalpoq davlat universiteti Qo‘ng‘irot fakulʼteti bo'yicha 2025-2026 o'quv yili uchun o'tish ballari, qabul kvotalari va ta'lim yo'nalishlari haqida to'liq ma'lumotlar bazasi.

Qoraqalpoq davlat universiteti Qo‘ng‘irot  fakulʼteti

Qoraqalpoq davlat universiteti Qo‘ng‘irot fakulʼteti binosi

Qoraqalpoq davlat universiteti Qo‘ng‘irot fakulʼteti haqida ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 19–20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berilgan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Qo‘ng‘irot fakulteti faoliyatini boshladi.

Qo‘ng‘irot fakultetining tashkil etilish maqsadi

Yangi fakultet hudud yoshlari uchun oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirish hamda sanoat ehtiyojlariga mos malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Fakultet Qo‘ng‘irot soda zavodi MCHJ hududida tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Bunday yondashuv talabalarni real ishlab chiqarish muhiti bilan bevosita tanishtirish imkonini beradi.

Tantanali ochilish marosimi

5-sentyabr kuni Qo‘ng‘irot soda zavodi hududida fakultetning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimligi, sanoat korxonasi rahbariyati, universitet jamoasi, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Universitet rektori, akademik Axmed Reymov o‘z nutqida yangi fakultet ochilishi hudud yoshlari uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ta’lim sifati va mazmunini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda sanoat korxonalari bilan hamkorlikni mustahkamlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanganini qayd etdi.

Zamonaviy ta’lim va sanoat integratsiyasi

Qo‘ng‘irot fakulteti faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan:

  • kimyo sanoati va unga turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash
  • o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish
  • laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish
  • hudud sanoati ehtiyojlaridan kelib chiqib ta’lim dasturlarini shakllantirish

Bu esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Hudud yoshlari uchun yangi imkoniyat

Qo‘ng‘irot fakultetining ochilishi bilan yoshlar o‘z hududidan uzoqlashmagan holda zamonaviy sharoitlarda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu tashabbus hududni kompleks rivojlantirish, sanoat salohiyatini oshirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlashga qaratilgan amaliy qadam sifatida baholanmoqda.

Bu sahifada Qoraqalpoq davlat universiteti Qo‘ng‘irot fakulʼteti kirish ballari 2025-2026, qabul kvotalari, kontrakt narxi, o'tish ballari, sirtqi va kechki ta'lim yo'nalishlari haqida ma'lumot topasiz.

Qabul Komissiyasi

Savollaringiz bormi? Biz bilan bog'laning


Manzil

230614, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qo'ng'irot tumani, Yelabad q.

Reklama


Qoraqalpoq davlat universiteti Qo‘ng‘irot fakulʼteti kirish ballari va qabul kvotalari

Kimyo muhandisligi
60710100
Grant
Ball
87.8
Kvota
1
Shartnoma
Ball
60.2
Kvota
1
Elektr muhandisligi
60710500
Grant
Ball
71.5
Kvota
1
Shartnoma
Ball
57.0
Kvota
8
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
60712100
Grant
Ball
104.1
Kvota
1
Shartnoma
Ball
56.8
Kvota
9
Texnologik mashinalar va jihozlar
60720401
Grant
Ball
75.7
Kvota
1
Shartnoma
Ball
64.3
Kvota
2

Tez-tez beriladigan savollar

  • Gumanitar va pedagogika — 6 400 000 – 7 500 000 so'm
  • Texnika, qishloq xo'jaligi — 7 000 000 – 8 000 000 so'm
  • Iqtisod, huquq va tibbiyot — 9 000 000 – 14 000 000 so'm
  • Masofaviy va sirtqi ta'lim — Kunduzgi shaklga nisbatan 10–20% arzonroq

Odatda qabul jarayonlari har yili iyun oyining ikkinchi yarmidan boshlanib, iyul oyining o'rtalariga qadar davom etadi. Hujjatlar my.uzbmb.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

Ha, O'zbekistonda talabalar shartnoma summasini yil davomida kamida 4 qismga bo'lib to'lashlari mumkin. Birinchi chorak to'lovi odatda 1-oktabrgacha amalga oshiriladi.

O'zbekiston oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun odatda O'zbek tili (yoki ona tili), Matematika va yo'nalishga qarab uchinchi fan (Tarix, Biologiya, Kimyo, Fizika, Adabiyot va boshqalar) bo'yicha davlat test sinovlaridan o'tish talab qilinadi. Aniq fanlar har bir yo'nalish uchun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoidalariga muvofiq belgilanadi.

230614, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qo'ng'irot tumani, Yelabad q.

Yotoqxona haqida ma'lumotni qabul komissiyasidan so'rashingiz mumkin.