Jeki Chandan hayotga bo'lgan qarashlaringizni o'zgartiruvchi 7 ta saboq
Ko'pincha biz o'zimizda bor narsalarning qadriga yetmaymiz, ammo dunyoda boshqalar aynan shu narsalar uchun orzu qilishadi. Ayniqsa, talabalar va abituriyentlar o'z maqsadlari sari intilayotganda bu haqiqatlarni yodda tutishlari muhim.
Hayotni qadrlash uchun 7 ta muhim haqiqat:
- Sening og‘ir ishing qaysidir ishsizning orzusi;
- Sening quloqsiz bolang, befarzand insonning orzusi;
- Kichkina uying, uysizning orzusi;
- Sening ozgina mablag‘ing, har bir qarzga botgan insonning orzusi;
- Sening sog‘lig‘ing, har bir bedavo dardga chalingan insonning orzusi;
- Sening Xudo yashirayotgan gunohlaring, gunohlari ochilib sharmanda bo‘lganlarning orzusi;
- Sening tinch hayoting, xotirjam uxlashing, har bir notinch davlat fuqarosining orzusi.
O‘zingda borini qadrla va shukr qil, chunki ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Hayot — bu berilgan ulug' ne'mat.
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.


Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.