O'quv markazi va Xususiy OTMlar diqqatiga: Kunlik 50,000+ maqsadli auditoriyaga chiqing. Taklif bilan tanishish →

InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Endi chet tili yo‘nalishlariga B1 sertifikat bilan ham hujjat topshirish mumkin

Hukumat qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish tartibiga muhim o‘zgartirish kiritildi. Endilikda fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga B1 darajadagi sertifikat bilan ham hujjat topshirish imkoniyati joriy etildi. Mazkur o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga kiritildi. Yangi tahrirga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan […]

19
Endi chet tili yo‘nalishlariga B1 sertifikat bilan ham hujjat topshirish mumkin

Hukumat qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish tartibiga muhim o‘zgartirish kiritildi. Endilikda fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga B1 darajadagi sertifikat bilan ham hujjat topshirish imkoniyati joriy etildi.

Mazkur o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga kiritildi.

Yangi tahrirga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, chet tili fani mavjud bo‘lgan yo‘nalishlarga qabulda sertifikat darajasiga qarab ball berish tartibi belgilandi:

  • B1 darajadagi sertifikat egalariga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
  • B2 va undan yuqori darajadagi sertifikat egalariga esa ushbu fandan to‘liq maksimal ball beriladi.

Eslatma sifatida, ushbu o‘zgarishdan avval chet tili birinchi fan hisoblangan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish uchun kamida B2 darajadagi sertifikat talab etilar edi. Endi esa B1 sertifikat bilan ham hujjat topshirish mumkin, biroq bunday holatda maksimal ball emas, uning 75 foizi hisobga olinadi.

umidjonu
MUALLIF

umidjon

Javoblar (0 )