CTRL kombinatsiyalari: Kompyuterda ishlashni tezlashtiring

Kompyuterda ishlash samaradorligini oshirishni istaysizmi? CTRL tugmasi yordamida bajariladigan eng foydali klaviatura qisqichlari (hotkeys) ro’yxatini bilib oling.

4
CTRL kombinatsiyalari: Kompyuterda ishlashni tezlashtiring

CTRL kombinatsiyalari: Kompyuteringizni tez boshqaring!

Kompyuterda ishlash samaradorligini oshirish uchun klaviatura qisqichlari (hotkeys) muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, CTRL tugmasi bilan bog‘liq kombinatsiyalar ko‘plab amallarni tez bajarishga yordam beradi.

Ko‘pchilik Ctrl+C va Ctrl+V kombinatsiyalaridan foydalanadi, ammo CTRL + A dan Z gacha bo‘lgan boshqa muhim qisqichlarni ham bilasizmi? Ushbu qisqichlar talabalar va abituriyentlar uchun kompyuterda ishlashni sezilarli darajada osonlashtiradi.

CTRL kombinatsiyalarining asosiy funksiyalari

  • Ctrl + A – Barcha matn yoki fayllarni tanlash
  • Ctrl + B – Matnni qalin (bold) qilish
  • Ctrl + C – Matn yoki faylni nusxalash
  • Ctrl + D – Duplikat qilish
  • Ctrl + E – Matnni markazga joylash
  • Ctrl + F – Matn yoki faylda izlash
  • Ctrl + G – Guruhlash
  • Ctrl + H – Matnni almashtirish
  • Ctrl + I – Matnni kursiv qilish
  • Ctrl + J – Matnni sahifa bo‘ylab yoyish
  • Ctrl + K – Giperhavola yaratish
  • Ctrl + L – Matnni chapga joylash
  • Ctrl + M – Yangi slayd yaratish
  • Ctrl + N – Yangi hujjat yoki fayl ochish
  • Ctrl + O – Hujjat yoki faylni ochish
  • Ctrl + P – Chop etish (print)
  • Ctrl + Q – Dasturdan chiqish
  • Ctrl + R – Matnni o‘ngga joylash
  • Ctrl + S – Saqlash (save)
  • Ctrl + T – Yangi vkladka ochish
  • Ctrl + U – Matnni ostiga chizish
  • Ctrl + V – Joylash (paste)
  • Ctrl + W – Hozirgi oynani yopish
  • Ctrl + X – Kesib olish (cut)
  • Ctrl + Y – Oxirgi amalni qayta bajarish
  • Ctrl + Z – Oxirgi amalni bekor qilish

Bu qisqichlarni bilish ish faoliyatini tez va samarali olib borishda yordam beradi. Agar siz hali ham barchasidan foydalanmagan bo‘lsangiz, eng foydalilarini hozirdan sinab ko‘ring!

Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.